Markaz haqida

Urganch tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi 2015 yil mart oyida yangi binoda o‘z faoliyatini boshlab, bugungi kunda mazkur markaz 2 qavatdan iborat bo‘lib jami 18 ta xona, 10 ta mashg‘ulotlar xonasi, 7 ta to‘garak rahbarlari xonasi va 1 ta ko‘rgazmalar zali mavjud. Shuningdek markaz 50 o‘ringa mo‘ljallanib, “Badiiy ijodiyot”, “Texnik ijodkorlik” hamda “O‘lkashunoslik va ekologiya” yo‘nalishida o‘z faoliyatini olib boradi. Shuningdek markazda "Qo‘g‘irchoq teatri""Liboslar dizayni""Oila va salomatlik" "Yosh pazanda""Badiiy gimnastika""Yosh musavvir""Munchoqli bezak""To‘qish""Rus tili""Kompyuter graf-dizayn""Mohir qo‘llar""Bichish va tikish" to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib unda tuman markazi hududidagi 6-16 yoshdagi 480 nafar bolalar jalb qilingan.

Markaz o‘z oldida belgilangan qator vazifalarni ishlab chiqilgan Nizom va qarorlar asosida amalga oshiradi. Shuningdek bolalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni qo‘llab quvvatlash maqsadida har yil bir qancha ko‘rik-tanlov va ko‘rgazmalarda ishtirok qilib boradi.

Jumladan: 2015 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan “Bolalar va suv” ekofestivalining Respublika bosqichida to‘garak a’zolaridan Matkarimov Otabek, Eshchanov Shoxjahon va Qurbanov Botir faol qatnashib festivalning Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladilar.

2016 yil 8 fevral kuni Urganch tuman “Barkamol avlod” bolalar markazida tashkil qilingan to‘garaklar faoliyati bilan tanishish maqsadida seminar o‘tkazilib bunda barcha tuman “Barkamol avlod” bolalar markazidan ishtirokchilar taklif qilinib faoliyat yuzasidan tajriba almashildi. Shu o‘rinda 2016 yil 27 fevral kuni markazda bo‘lib o‘tgan “Madaniy ommaviy tadbirlarni samarali tashkil etish usullari” mavzusidagi Respublika o‘quv seminari tashkil qilinib, seminar yaxshi tayyorgarlik bilan yuqori saviyada o‘tkazildi.

Shuningdek joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti festivalining Respublika bosqichida to‘garak a’zolarimizdan Sultonnazarov Og‘abek “Tasviriy san’at” yo‘nalishi bo‘yicha, Abdullayeva Maqsuda “Liboslar dizayni” yo‘nalishi bo‘yicha va O‘ktambayeva Lobaroy “Badiiy to‘qish” yo‘nalishi bo‘yicha faol qatnashib faxrli o‘rinlarni egalladilar. Shuningdek, “Yosh musavvir” to‘garagi a’zosi Qurbanova Muxlisa 2016 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan “Yer kurrasida tinchlik” Respublika bolalar rasmlar tanlovida faol qatnashib faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek 2016 yil 1 iyun kuni “Sog‘lom ona va bola ” yili Davlat dasturini bajarish hamda “Halqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan markazda to‘garak a’zolari uchun “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazilib, tadbirga “Adolat” SDP Urganch tuman kengashi, qorovul qishlog‘i “Yoshlik” mahalla maslahatchisi va 32 nafar ota-onalar tashrif buyurdilar.

Barcha to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan ijodiy ko‘rgazma va musiqiy bayramona chiqishlari bilan ishtirok qilib, “Shaxmat” to‘garagi a’zolari o‘rtasida musobaqa tashkil qilindi va g‘oliblar “Adolat” SDP Urganch tuman kengashi tomonidan “Diplom” va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek tadbir so‘ngida 117 nafar to‘garak a’zolariga maktabdan tashqari ta’lim olganligi haqida guvohnomalar topshirildi. Shundan so‘ng 2015-2016 o‘quv yili davomida markazning to‘garak mashg‘ulotlari hamda madaniy-ommaviy tadbirlarda faol qatnashgan 65 nafar to‘garak a’zolarining ota-onalariga markaz bilan hamkorligi uchun “Tashakkurnoma” lar topshirildi.

Hozirgi kunda “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan “Sog‘lom ona va bola” yili Davlat dasturini bajarish hamda o‘quvchilarni yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish Konsepsiyasi asosida 2016 yil yozgi mavsum uchun tasdiqlangan ishlar rejasi bo‘yicha belgilangan qator vazifalar amalga oshirilib borilmoqda.

  • Muassasa nomi: Urganch tuman "Barkamol avlod" bolalar markazi.
  • Manzil: Urganch tuman Qorovul qishlog`i, Ibn Sino ko`chasi 4-uy.
  • Telefon raqami: 8-362-352-05-06
  • Elektron pochta: urgenchtbarkamol@umail.uz
  • Muassasa ustavi: 2011-yil 2-iyun №591 da ro`yxatdan o`tkazilgan.
  • Muassasa turi: Maktabdan tashqari ta'lim.
  • Bankdagi hisob raqam: Markaziy bank, 100022860332177066100075004
  • Muassasa rahbari: Kazakov Xudoybergan Azimovich

Rahbariyat

/images/employers/1.jpg

Qazokov Xudoybergan Azimovich

  • Lavozimi : Direktor
  • Telefon : +99890-433-01-40
/images/employers/2.jpg

Rejabov Mansur Raximberganovich

  • Lavozimi : Direktor o`rinbosar
  • Telefon : +99899-963-31-19
/images/employers/4.jpg

Sultanova Mo`tabarxon Baxtiyor qizi

  • Lavozimi : Uslubchi
/images/employers/5.jpg

Yusupov Ravshanbek Bayotjon o`g`li

  • Lavozimi : Tadbir tashkilotchisi
/images/employers/6.jpg

Yakubova Gulnora Faridovna

  • Lavozimi : Uslubchi
/images/employers/7.jpg

Kalandarov Baxram Eshchanovich

  • Lavozimi : Tadbir tashkilotchisi

Bugungi kunda markazimizda

14

To`garaklar soni

Markazimizda faoliyat ko`rsatib kelayotgan to`garaklar soni.

48

Guruhlar soni

Markazimizdagi jami to`garaklar bo`yicha guruhlar soni.

480

O`quvchilar soni

Markazimiz to`garaklarida tahsil olayotga jami o`quvchi bolalar soni.

To`garak rahbarlari

/images/employers/6.jpg

Yakubova Gulnora Faridovna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Yumshoq o`yinchoqlar
/images/employers/8.jpg

Davletova Intizor Tojibayevna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Folklor
/images/employers/10.jpg

Atoyeva Gulnora Sultonmuratovna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Mohir qo`llar
/images/employers/11.jpg

Durdibayeva Mexribon Qo`zibayevna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Qo`g`irchoq teatri
/images/employers/12.jpg

Samandarova Shaxlo Iskandarovna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Avtomodel
/images/employers/13.jpg

Isomurodova Dilafruz Komiljon qizi

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Yosh ekskursovod
/images/employers/14.jpg

Xaitbayeva Niyazjon Maxmud qizi

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Liboslar dizayni
/images/employers/15.jpg

Atabayeva Zulxumor Ruzmetovna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Munchoqli bezak
/images/employers/16.jpg

Satipova Iroda Sharifovna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Bichish-tikish
/images/employers/17.jpg

Baxtiyarova Gulxayo Timurovna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Yosh jurnalist va notiq
/images/employers/18.jpg

Durdiboyeva Lobar Ergash qizi

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Yosh ekskursovod
/images/employers/19.jpg

Ismailova Nodira Baxramovna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Munchoqli bezak
/images/employers/21.jpg

Yusupov Yusupboy Anvar o`g`li

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Bolalar teatri
/images/employers/22.jpg

Karimova Oyjon Marimbayevna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Tasviriy san'at
/images/employers/24.jpg

Yuldasheva Matluba Sharshanbayevna

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Mohir qo`llar
/images/employers/25.jpg

Karimov Ma'rufbek Masharipovich

  • Lavozimi : To`garak rahbari
  • To`garak nomi : Yosh jurnalist va notiq

© 2018 Sabirov Temurbek | Design by W3layouts